HARAKAT SEMALI LEKSEMALARNING O‘QUVCHI NUTQINI RIVOJLANTIRISHDAGI PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
DOI:
https://doi.org/10.47390/ydif-y2026v2i21/n18Kalit so‘zlar:
harakat semasi, leksema, boshlang‘ich ta’lim, darslik tili, semantik maydon, fe’l, nutqiy kompetensiya, komponent tahlil, o‘qish savodxonligi.Annotasiya
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf darsliklari matnlarida uchraydigan harakat semali leksemalar leksik-semantik, funksional-uslubiy va didaktik jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqotning asosiy maqsadi 1–4-sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan ona tili va o‘qish savodxonligi mazmunidagi matnlarda harakat ma’nosini ifodalovchi birliklarning qo‘llanish xususiyatlarini aniqlash, ularni semantik guruhlarga ajratish va o‘quvchi nutqiy kompetensiyasini shakllantirishdagi o‘rnini ilmiy asoslashdan iborat. Tahlil jarayonida tanlab olish, komponent tahlil, kontekstual tahlil, qiyosiy tavsiflash va statistik umumlashtirish usullaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, boshlang‘ich sinf darsliklarida harakat semali leksemalar faqat voqea-hodisa dinamikasini beruvchi grammatik birlik sifatida emas, balki bolalarda tasavvur, kuzatuvchanlik, nutq faolligi, axloqiy baholash va kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi muhim leksik qatlam sifatida namoyon bo‘ladi. Maqolada harakat leksemalari yo‘nalishli harakat, jismoniy faoliyat, nutqiy harakat, aqliy-idrokiy harakat, hissiy-psixologik harakat va ijtimoiy faoliyat semalari bo‘yicha tasniflandi. Shuningdek, sinflar kesimida leksemalarning murakkablashish darajasi, sinonimik qatorlar hosil qilishi, ko‘chma ma’noda qo‘llanishi va matn mazmunini semantik jihatdan boyitish imkoniyatlari yoritildi.
Manbalar
1. Alimov X.M. Aqliy hujum //Ta’lim va tarbiya. – Toshkent, 2006. - №2.
2. Ashurova D., Yuldoshev Z. Ta’lim tizimida innovatsion va axborot texnologiyalarini qo’llash – zamon talabi// “Xalq ta’limi”. – Toshkent: 2006. - №1..
3. Bazarov O. O‘zbek tilida darajalanish: Filol. fan. dokt. dis. ... avtoref. – T., 1997.
4. Farberman L.B, Musina R.G, Jumaboeva F.A. Oliy o’quv yurtlarida o’qitishning zamonaviy usullari.- T.: O’qituvchi, 2002.
5. Fuzailov S., Sh. Yo‘ldasheva, M. Xudoyberganova hammuallifligidagi 3 – sinflar uchun yozilgan ona tili darsligi.
6. G‘afforova T., E, Shodmonov, X. G‘ulomova hammualligidagi 1 – sinflar uchun yozilgan ona tili darsligi.
7. G’ulomov A., Qodirov M., va boshq. Ona tili o’qitish metodikasi. – T: Fan va texnologiya, 2012
8. Hamrayeva Y. O‘zbek tilining o‘zlashma so‘zlar o‘quv lug‘ati. o‘quv qo‘llanmasi. – T: Yangi asr avlodi, 2007.
This work is licensed under a