SPASTIK SEREBRAL FALAJLI BOLALARDA TISHLOV ANOMALIYALARI VA ULARNING OROFASIAL OMILLAR BILAN BOG'LIQLIGI

Mualliflar

  • Mahfuza Shamsiyeva Author
  • Shaxnoza Karimova Author

DOI:

https://doi.org/10.47390/ydif-y2026v2i21/n25

Kalit so‘zlar:

serebral falaj, bolalar stomatologiyasi, malokluziya, ochiq tishlov, baland tanglay, til itarish, og'iz orqali nafas olish, miofunksional terapiya.

Annotasiya

Ushbu maqolada spastik serebral falaj (SSF) bilan og'rigan 127 nafar bola va 50 nafar sog'lom bolada tishlov holati hamda unga ta'sir etuvchi orofasial omillar o'rganilgan. SSF li bolalarda oldingi ochiq tishlov 44,1%, baland tanglay 76,4%, tishlar yorib chiqishining kechikishi 38,6% holatda aniqlandi; nazorat guruhida bu ko'rsatkichlar mos ravishda 12,0%, 32,0% va 22,0% ni tashkil etdi. Tishlov anomaliyalari og'iz orqali nafas olish, lablarning yopilmasligi va tilning oldinga itarilishi bilan chambarchas bog'liq bo'ldi: til itarish ochiq tishlov ehtimolini 6,34 baravar, og'iz orqali nafas olish esa baland tanglay ehtimolini 4,12 baravar oshirdi. Eng og'ir o'zgarishlar kvadriplegiyada kuzatildi. Konus-nurli kompyuter tomografiyasida tanglay torayishi tekshirilganlarning 75,3% ida aniqlandi. Miofunksional terapiya bilan birga olib borilgan davolash 6 oy ichida og'iz orqali nafas olayotgan bolalar ulushini 72,4% dan 53,1% gacha kamaytirdi va lablari to'liq yopiladigan bolalar ulushini 32,7% dan 54,1% gacha oshirdi. Olingan natijalar SSF li bolalarda ortodontik davolashni albatta orofasial mushaklar funksiyasini tiklash bilan birga rejalashtirish zarurligini ko'rsatadi.

Manbalar

1. Bax M., Goldstein M., Rosenbaum P. et al. Proposed definition and classification of cerebral palsy, April 2005 // Developmental Medicine and Child Neurology. – 2005. – Vol. 47, №8. – P. 571–576.

2. Dougherty N.J. A review of cerebral palsy for the oral health professional // Dental Clinics of North America. – 2009. – Vol. 53, №2. – P. 329–338.

3. Franklin D.L., Luther F., Curzon M.E. The prevalence of malocclusion in children with cerebral palsy // European Journal of Orthodontics. – 1996. – Vol. 18, №6. – P. 637–643.

4. G'afforov S.A., Shamsiyeva M.O. Bolalar serebral falajining spastik shakllarida tish-jag', nutq va halqum buzilishlarini tashxislash, davolash va reabilitatsiyani takomillashtirish // Journal of Oral Medicine and Craniofacial Research. – 2026. – Vol. 7, №2. – P. 25–29.

5. G'afforov S.A., Sobirov A.A., G'afforova S.S. Tish qatori anomaliya va deformatsiyasi mavjud bemorlarda tish qattiq to'qimasi patologiyalari, klinik xususiyatlari // Integrativnaya stomatologiya i chelyustno-litsevaya xirurgiya. – 2026. – T. 5, №3. – B. 22–33.

6. Palisano R., Rosenbaum P., Walter S. et al. Development and reliability of a system to classify gross motor function in children with cerebral palsy // Developmental Medicine and Child Neurology. – 1997. – Vol. 39, №4. – P. 214–223.

7. Reilly S., Skuse D., Poblete X. Prevalence of feeding problems and oral motor dysfunction in children with cerebral palsy: a community survey // Journal of Pediatrics. – 1996. – Vol. 129, №6. – P. 877–882.

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-11-12

Qanday ko'rsatish

Shamsiyeva , M., & Karimova , S. (2026). SPASTIK SEREBRAL FALAJLI BOLALARDA TISHLOV ANOMALIYALARI VA ULARNING OROFASIAL OMILLAR BILAN BOG’LIQLIGI . YANGI DAVR ILM-FANI: INSON UCHUN INNOVATSION G‘OYA VA YECHIMLAR, 2(21), 130-133. https://doi.org/10.47390/ydif-y2026v2i21/n25