O‘ZBEK VA INGLIZ NUTQ TUZILMASIDA SO‘Z TARTIBINING QIYOSIY TADQIQI
DOI:
https://doi.org/10.47390/ydif-y2026v2i4/n07Kalit so‘zlar:
metodologiya, innovatsiya, chet tili, kommunikatsiya, ko‘nikmalar, malakalar, o‘qitish, madaniyatlararo kommunikatsiya.Annotasiya
Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz nutq tuzilmasida so‘z tartibi qiyosiy jihatdan o‘rganilib, sintaktik tashkil topishning ma’no, urg‘u va kommunikativ aniqlikka qanday ta’sir ko‘rsatishi yoritiladi. Tadqiqotda o‘zbek tilida asosan SOV (Ega–To‘ldiruvchi–Kesim) va ingliz tilida esa ko‘proq SVO (Ega–Kesim–To‘ldiruvchi) tartibi ustuvorligi, shuningdek, mavzu–fokus (topic–focus) tuzilmasi, uslubiy tanlov yoki nutqiy kontekst kabi pragmatik omillar ta’sirida odatiy tartibning o‘zgarishi holatlariga alohida e’tibor qaratiladi. Maqolada, shuningdek, rasmiy va ta’limiy muhitlarda ham adabiy til me’yorlaridan chekinishlar uchrashi — ya’ni so‘z tartibining me’yoriy qoidalariga rioya qilinmasligi yoki faqat ayrim hududlarga xos sheva unsurlarining nutqqa kiritilishi — masalaning dolzarbligini ko‘rsatishi ta’kidlanadi. Bu esa so‘z tartibi faqat grammatik hodisa emas, balki sotsiolingvistik hamda pedagogik ahamiyatga ega masala ekanini anglatadi. Tadqiqot natijalari chet tilini o‘qitish, tarjima aniqligi va madaniyatlararo muloqot bilan bog‘liq jihatlar doirasida tahlil qilinib, o‘quvchilarda sintaktik ong va kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish zarurligi asoslab beriladi.
Manbalar
Comrie, B. Language Universals and Linguistic Typology. Oxford: Blackwell, 1989.
2. Dryer, M.S. Order of Subject, Object and Verb. In: The World Atlas of Language Structures Online. Leipzig, 2013.
3. Halliday, M.A.K. An Introduction to Functional Grammar. London: Arnold, 1994.
4. Biber, D., Johansson, S., Leech, G., Conrad, S., Finegan, E. Longman Grammar of Spoken and Written English. London: Longman, 1999.
5. Greenberg, J.H. Some Universals of Grammar with Particular Reference to the Order of Meaningful Elements. 1963.
6. Boeschoten, H. The Turkic Languages. London: Routledge, 1998.
This work is licensed under a