TASODIFIY JARAYONNING ORALIQDAN CHIQISH EHTIMOLLIGI HAQIDA
DOI:
https://doi.org/10.47390/ydif-y2026v2i12/n02Kalit so‘zlar:
tasodifiy jarayon, yutqazish ehtimolligi, birinchi chiqish vaqti, Viner jarayoni, umumlashgan Puasson jarayoni, sakrashli jarayon, faktorizatsiya usuli, Laplas eksponentasi, risk nazariyasi.Annotasiya
Ushbu maqolada musbat og‘ishli Viner jarayoni hamda ko‘rsatkichli taqsimlangan manfiy sakrashlarga ega umumlashgan Puasson jarayonining yig‘indisidan tashkil topgan stoxastik jarayon uchun berilgan oraliqdan birinchi chiqish ehtimolliklari tadqiq etiladi. Qaralayotgan model sug‘urta matematikasi, risk nazariyasi, moliyaviy matematika va navbatlar nazariyasida uchraydigan murakkab tasodifiy tizimlarni tavsiflashda muhim ahamiyatga ega. Ishda faktorizatsiya usuli yordamida jarayonning interval chegaralaridan chiqishiga mos keluvchi yutqazish ehtimolliklari uchun aniq analitik formulalar hosil qilinadi. Jarayonning Laplas eksponentasi xossalari o‘rganilib, xarakteristik tenglamaning haqiqiy ildizlari yordamida ehtimolliklarning yopiq ko‘rinishdagi ifodalari keltirib chiqariladi. Olingan natijalar Viner va sakrashli jarayonlar kombinatsiyasidan iborat stoxastik modellar uchun chegaraviy funksionallar nazariyasini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Manbalar
1. Ходжибаев В.Р., Жураев О.К. О явных формулах в задаче о разорении. НТЖ ФерПИ, 2020, Т.24, спец. вып. №2, стр. 9-16.
2. Ходжибаев В.Р., Пулатова Х.Х. О вероятности разорения для обобщенного пуассоновского процесса со сносом. НТЖ ФерПИ, 2023,Т.27, спец. вып.№4, стр.13.17.
3. Xodjibayev V.R. Karimov U. E. Yutqazish ehtimolligi haqida. NamDU Ilmiy Axborotnomasi, 2024, 10-son, 101-105 betlar.
This work is licensed under a