O‘ZBEK-INGLIZ BADIIY TARJIMASIDA MADANIY BELGILI BIRLIKLARNI BERISHDA METOD TANLASH MUAMMOSI
DOI:
https://doi.org/10.47390/ydif-y2026v2i21/n07Kalit so‘zlar:
tarjima metodi, fuqarolashtirish, xorijiylashtirish, madaniy belgili birlik, realiya, tarjima usuli, o‘zbek-ingliz badiiy tarjimasi, xorijiylashtirish koeffitsiyenti.Annotasiya
Mazkur tezisda o‘zbek-ingliz badiiy tarjimasida madaniy belgili birliklarni berishda tarjima metodini tanlash muammosi nazariy va metodologik jihatdan tahlil qilinadi. F. Shleyermaxer, Yu. Nayda, P. Nyumark va L. Venuti tasniflari asosida tarjimon tanlovining to‘rt darajasi - yo‘nalganlik, metod, madaniy strategiya va usul farqlanadi. Madaniy belgili birliklarni aniqlash uchun P. Nyumarkning madaniy so‘zlar tasnifi, ularni berish usullarini baholash uchun esa S. Vlaxov va S. Florinning realiyalarni berish usullari tasnifi asos qilib olinadi. O‘zbek va ingliz tillari o‘rtasidagi tipologik tafovut tufayli grammatik transformatsiyalar ko‘p hollarda majburiy ekani, tarjimonning haqiqiy strategik tanlovi esa realiyalar, xos nomlar va murojaat shakllarini berishda namoyon bo‘lishi asoslanadi. Tadqiqot natijasida madaniy belgili birliklar tarjimasini tahlil qilishning to‘rt darajali modeli va xorijiylashtirish koeffitsiyenti taklif etiladi. Model Cho‘lponning «Kecha va kunduz» romani inglizcha tarjimasini va Ch. Dikkensning «Mushkul zamonlar» romani o‘zbekcha tarjimasini qiyosiy tahlil qilishga mo‘ljallangan. Taklif etilgan yondashuv o‘zbek-ingliz va ingliz-o‘zbek tarjimalarida tarjimon strategiyasini tekshirib bo‘ladigan mezonlar asosida aniqlash imkonini beradi.
Manbalar
1. Влахов С., Флорин С. Непереводимое в переводе. – М.: Международные отношения, 1980. – 343 с.
2. Комиссаров В.Н. Теория перевода (лингвистические аспекты). – М.: Высшая школа, 1990. – 253 с.
3. Мусаев Қ. Таржима назарияси асослари: дарслик. – Тошкент: Ўзбекистон Республикаси ФА «Фан» нашриёти, 2005. – 352 б.
4. Саломов Ғ. Таржима назарияси асослари. – Тошкент: Ўқитувчи, 1983. – 232 б.
5. Berman A. Translation and the Trials of the Foreign / transl. by L. Venuti // The Translation Studies Reader / ed. by L. Venuti. – London; New York: Routledge, 2000. – P. 284–297.
6. Catford J.C. A Linguistic Theory of Translation: An Essay in Applied Linguistics. – London: Oxford University Press, 1965.
7. Chesterman A. Memes of Translation: The Spread of Ideas in Translation Theory. – Amsterdam; Philadelphia: John Benjamins, 1997.
8. Dickens Ch. Hard Times. – Ware: Wordsworth Editions, 2000.
9. Dryden J. On Translation // Theories of Translation: An Anthology of Essays from Dryden to Derrida / ed. by R. Schulte, J. Biguenet. – Chicago; London: University of Chicago Press, 1992. – P. 17–31.
10. Molina L., Hurtado Albir A. Translation Techniques Revisited: A Dynamic and Functionalist Approach // Meta. – 2002. – Vol. 47, № 4. – P. 498–512.
11. Newmark P. A Textbook of Translation. – New York; London: Prentice Hall, 1988.
12. Nida E.A. Toward a Science of Translating: With Special Reference to Principles and Procedures Involved in Bible Translating. – Leiden: E.J. Brill, 1964.
13. Nord C. Translating as a Purposeful Activity: Functionalist Approaches Explained. – Manchester: St. Jerome, 1997.
14. O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasida «O‘tkan kunlar» romanining inglizcha nashri taqdim qilindi [Elektron resurs] // Kun.uz. – 2019. – 30 dekabr. – URL: https://kun.uz/news/2019/12/30/ozbekistonning-aqshdagi-elchixonasida-otkan-kunlar-romanining-inglizcha-nashri-taqdim-qilindi (murojaat sanasi: 03.11.2026).
15. Qadiri A. Days Gone By / transl. by C. Ermakova. – Paris: Nouveau Monde éditions, 2018.
16. Qodiriy A. The Days Gone By / transl. by I.M. Tukhtasinov, O.M. Muminov, A. Khamidov. – Tashkent: Mashhur-Press, 2017.
17. Reiß K. Texttyp und Übersetzungsmethode: Der operative Text. – Kronberg/Ts.: Scriptor, 1976. – 146 S.
18. Reiss K. Text Types, Translation Types and Translation Assessment / transl. by A. Chesterman // Readings in Translation Theory / ed. by A. Chesterman. – Helsinki: Oy Finn Lectura, 1989. – P. 105–115.
19. Schleiermacher F. On the Different Methods of Translating / transl. by S. Bernofsky // The Translation Studies Reader / ed. by L. Venuti. – 3rd ed. – London; New York: Routledge, 2012. – P. 43–63.
20. Toury G. Descriptive Translation Studies and Beyond. – Amsterdam; Philadelphia: John Benjamins, 1995.
21. Venuti L. The Translator’s Invisibility: A History of Translation. – London; New York: Routledge, 1995.
22. Venuti L. Strategies of translation // Routledge Encyclopedia of Translation Studies / ed. by M. Baker. – London; New York: Routledge, 1998. – P. 240–244.
23. Vinay J.-P., Darbelnet J. A Methodology for Translation / transl. by J.C. Sager, M.-J. Hamel // The Translation Studies Reader / ed. by L. Venuti. – London; New York: Routledge, 2000. – P. 84–93.
This work is licensed under a