BIRINCHI SINF O‘QUVCHILARIDA IJODIY TAFAKKURNI TASVIRIY FAOLIYAT VOSITASIDA RIVOJLANTIRISHNING METODIK ASOSLARI
DOI:
https://doi.org/10.47390/ydif-y2026v2i21/n17Ключевые слова:
boshlang‘ich ta’lim, birinchi sinf, tasviriy faoliyat, ijodiy tafakkur, obrazli tafakkur, kreativ pedagogika, estetik tarbiya, innovatsion texnologiya.Аннотация
Ushbu maqolada birinchi sinf o‘quvchilarida ijodiy tafakkurni tasviriy faoliyat vositasida rivojlantirishning pedagogik va metodik asoslari yoritilgan. Boshlang‘ich ta’lim davrida o‘quvchilarning bilishga bo‘lgan ishtiyoqi, tasavvuri va obrazli tafakkurini rivojlantirishning ahamiyati, shuningdek, birinchi sinf o‘quvchilarining maktabga moslashish jarayonida interfaol metodlar va innovatsion ta’lim texnologiyalarining o‘rni tahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlarida maktab ta’limi sifatini oshirish hamda o‘quvchilarda erkin va mustaqil fikrlashni shakllantirish borasida belgilangan vazifalar, L. S. Vigotskiyning ijodkorlik va tasavvur haqidagi qarashlari ko‘rib chiqilgan. Darslarni qiziqarli tashkil etish va bolalarning iqtidorini aniqlashga xizmat qiluvchi “Tugallanmagan rasm”, “Agar men rassom bo‘lsam”, “Mo‘jizakor shakllar”, “Ranglar hikoyasi” va “Tabiatdan ilhomlanib” metodlari taklif etilib, ularning maqsadi, o‘tkazilish tartibi va kutilayotgan natijalari bayon qilingan. Shuningdek, tasviriy faoliyat orqali o‘quvchilarda kuzatuvchanlik, tasavvur va estetik didni rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rsatilgan. Maqolada o‘quvchilarni darsga qiziqtirish, ularda muammolarga ijodiy yechim topish va mustaqil fikrlay olish qobiliyatlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Библиографические ссылки
1. Davronov Z. Ilmiy ijod metodologiyasi: o‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Iqtisod-moliya, 2007. – 216 b.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134-son Farmoni. 11.05.2022 // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. – URL: https://lex.uz/docs/-6008663 (murojaat sanasi: 06.11.2026).
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoni. 06.11.2020 // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. – URL: https://lex.uz/docs/-5085999 (murojaat sanasi: 06.11.2026).
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-son Qarori. 06.11.2020 // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. – URL: https://lex.uz/docs/-5085887 (murojaat sanasi: 06.11.2026).
5. Выготский Л. С. Воображение и творчество в детском возрасте: психологический очерк. – 3-е изд. – М.: Просвещение, 1991. – 93 с.
Загрузки
Опубликован
Выпуск
Раздел
Лицензия

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
This work is licensed under a