USMON AZIMNING POETIK ASARLARINI TURKUMLANISHI
DOI:
https://doi.org/10.47390/ydif-y2026v2i21/n08Kalit so‘zlar:
Usmon Azim, poetik asarlar, lirika, turkumlash, poetik tafakkur, badiiy obraz, obrazlar tizimi, ramz, poetik uslub, badiiy talqin.Annotasiya
Mazkur maqolada o‘zbek she’riyatining taniqli vakili Usmon Azim poetik asarlarini turkumlash masalasi adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan tadqiq etiladi. Shoir she’riyatining mavzu ko‘lami, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, obrazlar tizimi hamda poetik tafakkurining o‘ziga xos jihatlari asosida asarlarni muayyan guruhlarga ajratish tamoyillari yoritiladi. Shuningdek, ijodkor lirikasida inson va tabiat munosabatlari, ruhiy kechinmalar, falsafiy mushohadalar, ijtimoiy hayot tasviri hamda ramziy-majoziy ifoda vositalarining o‘rni tahlil qilinadi. Usmon Azim poetik asarlarini turkumlash orqali shoir ijodining mazmuniy va badiiy yaxlitligini ochib berish, uning individual poetik uslubini belgilovchi xususiyatlarni aniqlash masalalariga e’tibor qaratiladi.
Manbalar
1. Usmon Azim. Saylanma. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2025 y.
2. Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. — Toshkent: 2018 y.
3. Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. — Toshkent:
1. Akademnashr, 2010 y.
4. Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. — Toshkent: 2002 y
5. Hojiahmedov A. She’riy san’atlar va mumtoz qofiya. — Toshkent:
6. O‘zbek adabiyoti tarixi. — Toshkent: 2020 y
This work is licensed under a