TURKISTON O'LKASIDA MUSTAMLAKA BANK-KREDIT TIZIMI: BIRLASHGAN BANK QO’QON FILIALINING 1911-YILGI HISOBOTI MISOLIDA
DOI:
https://doi.org/10.47390/ydif-y2026v2i15/n07Kalit so‘zlar:
Turkiston o'lkasi, mustamlaka bank tizimi, Qo'qon, Birlashgan bank, veksel krediti, arxiv manbashunosligi, iqtisodiy tarix.Annotasiya
Maqolada O'zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan “Birlashgan bank” Qo'qon bo'linmasining 1911-yilgi yillik hisoboti manba sifatida tahlil qilinadi. Miqdoriy kontent-tahlil metodi asosida bo'linmaning moliyaviy aylanmalari, ma'muriy-operatsion xarajatlari va muddati o'tgan qarzlar tarkibi o'rganildi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, bo'linma faoliyati asosan vekselli-tovar krediti va xomashyo savdosini moliyalashtirishga yo'naltirilgan bo'lib, uning korrespondentlik hisoblari orqali imperiya markaziy moliya bozorlariga qattiq bog'liqligi kuzatiladi. Shubhali qarzlar ro'yxatidagi onomastik tahlil Qo'qon savdo-moliyaviy muhitining ko'p etnik (rus, yahudiy, mahalliy musulmon) tarkibini ochib beradi. Maqola Turkiston o'lkasi kolonial iqtisodiy tarixini mikro-manbalar asosida o'rganish imkoniyatlarini namoyish etadi.
Manbalar
1. Аминов A. M. Экономическое развитие Средней Азии (Колониальный период) / А. М. Аминов. — Ташкент : Госиздат,1959.
2. А.Аминов, А.Бабаходжаев. Экономические и политические последствия присоединения Средней Азии к России. – Ташкент;Узбекистан.1966.
3. O'zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, Fond I-716, Ro'yxat 1, Ish 2. “Отчетъ Кокандскаго отдѣленія Соединеннаго банка за 1911 годъ”.
4. Юшков.К.М. Деятелность банковских кредитных учреждений Российской империи в Средней Азии с 90-Х гг. ХIX в. – по 1914 г.// Заметки.
5. Вексельман М. И. Российский монополистический и иностранный капитал в Средней Азии (конец XIX — начало XX в.) / М. И. Вексельман. — Ташкент : Фан, 1987.
6. Гиндин И. Ф. Банки и экономическая политика в России (XIX — начало XX в.). Избранное. Очерки истории и типологии русских банков / И. Ф. Гиндин. — М. : Наука, 1997.
7. Bo'linma faoliyat boshlagan sana hisobot muqovasida qayd etilgan: «Отдѣленіе открыто 14 Декабря 1893 года».
This work is licensed under a