PAKANA, YARIMPAKANA VA KUCHLI O‘SUVCHI PAYVANDTAGLARNING USTUNSIMON OLMA KO‘CHATLARI ASOSIY ILDIZLARINI MIQDORI VA UNI SHAKLLANISHIGA TA’SIRI

Mualliflar

  • Soxibjon Nuriddinov Author

DOI:

https://doi.org/10.47390/ydif-y2026v2i16/n04

Kalit so‘zlar:

ustunsimon olma, ko‘chatzor, meva navi, klon payvandtag, ko‘chatzor, ildiz tizimi, asosiy ildizlar, M9, MM106, ko‘chat sifati, vegetativ ko‘paytirish.

Annotasiya

Mazkur ilmiy maqolada ustunsimon olma navlari (Vasyugan, Medok, Prezident, Djin, Triumf, Ostankino, Senator, Valyuta) ko‘chatlarining ko‘chatzordagi ikkinchi dalasidagi rivojlanish xususiyatlari, xususan, ularning ildiz tizimi shakllanishiga turli xil o‘sish kuchiga ega bo‘lgan payvandtaglarning (M9, MM106, MM111 va olma urug‘ko‘chati) ko‘rsatadigan ta’siri chuqur va atroflicha tahlil qilingan. Olib borilgan keng qamrovli dala tajribalari va biometrik o‘lchovlar natijasida aniqlanishicha, ko‘chatlarning yuqori sifatli, ko‘p tarmoqli (3 ta va undan ortiq asosiy ildizga ega) bo‘lib shakllanishida M9 pakana va MM106 yarimpakana vegetativ payvandtaglari eng yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon etib, mos ravishda 56,9 foizgacha va 50,0 foizgacha standart ko‘chat chiqimini ta’minlagan. Aksincha, kuchli o‘suvchi MM111 payvandtagi hamda genetik jihatdan beqaror bo‘lgan olma urug‘ko‘chatiga ulangan variantlarda ildiz tarmoqlanishining keskin pasayishi kuzatilib, urug‘ko‘chatda sifatsiz (1 ta asosiy ildizli) ko‘chatlar ulushi 38,5 foizgacha yetishi ilmiy asoslangan. Tadqiqot natijalariga tayanib, intensiv turdagi ustunsimon olma bog‘lari uchun ko‘chat yetishtirishda M9 va MM106 klon payvandtaglaridan keng foydalanish, shuningdek, Prezident va Valyuta kabi ildiz hosil qilish irsiyati kuchli bo‘lgan navlarni ko‘paytirish tavsiya etiladi.

Manbalar

1. Григорьева Л. В., Балашов А. А. Урожай и архитектоника корневой системы деревьев яблони в саду разной плотности посадки //Вестник аграрной науки. – 2012. – Т. 35. – №. 2. – С. 76-78.

2. Григорьева Л. В., Балашов А. А., Ершова О. А. Особенности строения корневой системы деревьев яблони на подвоях разной силы роста в интенсивном саду //Вестник Мичуринского государственного аграрного университета. – 2010. – №. 2. – С. 18-21.

3. Мурсалимова Г. Р. Клоновые подвои яблони селекции Оренбургской опытной станции садоводства и виноградарства //Современное садоводство–Contemporary horticulture. – 2019. – №. 2. – С. 27-34.

4. Рудь М. Ю., Гегечкори Б. С., Кладь А. А. Развитие корневой системы деревьев яблони в зависимости от типа формирования кроны //Политематический сетевой электронный научный журнал Кубанского государственного аграрного университета. – 2010. – №. 61. – С. 419-422.

5. Селиванова М. В. и др. Агробиологическая оценка сортов яблони в условиях маточно-черенкового сада //Аграрный вестник Северного Кавказа. – 2024. – №. 3 (55). – С. 34-39.

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-08-29

Qanday ko'rsatish

Nuriddinov , S. (2026). PAKANA, YARIMPAKANA VA KUCHLI O‘SUVCHI PAYVANDTAGLARNING USTUNSIMON OLMA KO‘CHATLARI ASOSIY ILDIZLARINI MIQDORI VA UNI SHAKLLANISHIGA TA’SIRI. YANGI DAVR ILM-FANI: INSON UCHUN INNOVATSION G‘OYA VA YECHIMLAR, 2(16), 23-28. https://doi.org/10.47390/ydif-y2026v2i16/n04