INGLIZ VA O‘ZBEK NASRIDA RASMIY MAKTUBLARNING QIYOSIY TAHLILI

Mualliflar

  • Maftuna Narzulloyeva Author

DOI:

https://doi.org/10.47390/ydif-y2026v2i2/n30

Kalit so‘zlar:

rasmiy maktublar, epistolyar unsurlar, ingliz nasri, o‘zbek nasri, hokimiyat, mafkura, narrativ funksiya.

Annotasiya

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek nasrida rasmiy maktublarning badiiy, ijtimoiy va mafkuraviy funksiyalari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda rasmiy yozishmalar faqatgina ma’muriy hujjatlar emas, balki adabiy matnda hokimiyat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlarni ochib beruvchi muhim narrativ vosita ekanligi asoslanadi. Ingliz nasrida rasmiy maktublar ko‘pincha byurokratik tizimni tanqid qilish, individual huquqlar va shaxsiy qarshilikni ifodalash vositasi sifatida namoyon bo‘lsa, o‘zbek nasrida ular tarixiy va siyosiy sharoit ta’sirida shakllangan mafkuraviy bosim hamda kollektiv tajribani aks ettiradi. Maqolada Charles Dickens, Jane Austen, Abdulla Qodiriy va Odil Yoqubov asarlari misolida rasmiy maktublarning personaj taqdiri va syujet rivojiga ta’siri yoritiladi. Tadqiqot natijalari rasmiy maktublarning epistolyar uslubdagi ahamiyatini qayta baholashga xizmat qiladi.

Manbalar

1. Altman, J. G. (1982). Epistolarity: Approaches to a Form. Columbus: Ohio State University Press.

2. Austen, J. (1813). Pride and Prejudice. London: T. Egerton.

3. Dickens, C. (1853). Bleak House. London: Bradbury & Evans.

4. Qodiriy, A. (1925). O‘tkan kunlar. Tashkent: Sharq.

5. Yakubov, O. (1987). Ulug‘bek xazinasi. Tashkent: G‘afur G‘ulom Publishing House.

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-01-27

Qanday ko'rsatish

Narzulloyeva , M. (2026). INGLIZ VA O‘ZBEK NASRIDA RASMIY MAKTUBLARNING QIYOSIY TAHLILI. YANGI DAVR ILM-FANI: INSON UCHUN INNOVATSION G‘OYA VA YECHIMLAR, 2(2), 156-158. https://doi.org/10.47390/ydif-y2026v2i2/n30