KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV DOIRASIDA IQTISODCHILARNING KASBIY NUTQ TAYYORGARLIGINI TAKOMILASHTIRISH

Mualliflar

  • Nargiza Samandarova Author

DOI:

https://doi.org/10.47390/ydif-y2026v2i3/n19

Kalit so‘zlar:

kompetensiyaviy yondashuv, kasbiy nutq, iqtisodiy diskurs, kommunikativ kompetensiya, janr, vazifa-asosli o‘qitish, baholash mezonlari.

Annotasiya

Kompetensiyaviy yondashuv oliy ta’limda iqtisodchi mutaxassisni nafaqat nazariy bilimlar bilan qurollantirish, balki kasbiy vaziyatlarda samarali muloqot yuritish, dalillangan fikr bildirish, tahliliy matnlar bilan ishlash va professional nutqni me’yoriy hamda pragmatik jihatdan to‘g‘ri qurish qobiliyatlarini rivojlantirishni talab etadi. Ushbu tezisda iqtisodchilarning kasbiy nutq tayyorgarligini takomillashtirish masalasi kompetensiyalar tizimi doirasida yoritildi hamda nutq kompetensiyasining tarkibiy komponentlari, uni rivojlantirishga xizmat qiluvchi didaktik shart-sharoitlar va baholash mezonlari konseptual asosda asoslantirildi. Tadqiqot konsepsiyasi kasbiy diskurs, janrga yo‘naltirilgan o‘qitish hamda vazifa-asosli yondashuvning integratsiyasiga tayanadi. Natijada iqtisodiy muloqot uchun xos bo‘lgan og‘zaki va yozma nutq faoliyatini maqsadga muvofiq tashkil etish, o‘quv topshiriqlarini real professional faoliyatga yaqinlashtirish va baholashni kompetensiya natijalariga moslashtirish orqali tayyorgarlik samaradorligini oshirish mumkinligi xulosalandi.

Manbalar

1. Hymes D. H. On Communicative Competence // Sociolinguistics. Ed. by J. B. Pride, J. Holmes. Harmondsworth: Penguin, 1972. P. 269–293.

2. Canale M., Swain M. Theoretical bases of communicative approaches to second language teaching and testing // Applied Linguistics. 1980. Vol. 1, No. 1. P. 1–47.

3. Hutchinson T., Waters A. English for Specific Purposes: A Learning-Centred Approach. Cambridge: Cambridge University Press, 1987. 183 p.

4. Dudley-Evans T., St John M. J. Developments in English for Specific Purposes: A Multi-Disciplinary Approach. Cambridge: Cambridge University Press, 1998. 301 p.

5. Swales J. M. Genre Analysis: English in Academic and Research Settings. Cambridge: Cambridge University Press, 1990. 260 p.

6. Richards J. C. Curriculum Development in Language Teaching. Cambridge: Cambridge University Press, 2001. 320 p.

7. Nation I. S. P., Macalister J. Language Curriculum Design. New York: Routledge, 2010. 224 p.

8. Hyland K. English for Academic Purposes: An Advanced Resource Book. London; New York: Routledge, 2006. 288 p.

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-02-14

Qanday ko'rsatish

Samandarova, N. (2026). KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV DOIRASIDA IQTISODCHILARNING KASBIY NUTQ TAYYORGARLIGINI TAKOMILASHTIRISH. YANGI DAVR ILM-FANI: INSON UCHUN INNOVATSION G‘OYA VA YECHIMLAR, 2(3), 85-87. https://doi.org/10.47390/ydif-y2026v2i3/n19