KOGNITIV LINGVISTIKA ANTROPOTSENTRIK PARADIGMA DOIRASIDA
DOI:
https://doi.org/10.47390/ydif-y2026v2i14/n08Kalit so‘zlar:
antropotsentrik paradigma, kognitiv lingvistika, ilmiy paradigma, til va tafakkur, kontseptual metafora, kontseptualizatsiya, kognitiv semantika, milliy-madaniy oʻziga xoslik.Annotasiya
maqolada tilshunoslik fanining antropotsentrik paradigmasi doirasida kognitiv lingvistikaning nazariy asoslari koʻrib chiqiladi. T. Kun ilgari surgan ilmiy paradigma tushunchasidan kelib chiqib, tilshunoslik tarixidagi uchta paradigma - qiyosiy-tarixiy, tizimli-strukturaviy va antropotsentrik paradigmalar tahlil qilinadi. Antropotsentrik paradigmaning falsafiy ildizlari V. fon Humboldt, A. Potebnya, I. Boduen de Kurtene va E. Benvenist gʻoyalarida ochib beriladi. Muallif kognitiv lingvistikani antropotsentrik paradigma yaratgan fanlararo yoʻnalishlardan biri sifatida talqin qiladi hamda til inson bilishining ajralmas qismi ekanligini asoslaydi. Maqolada R. Langakerning grammatikaning ramziy tabiati haqidagi qarashlari va J. Lakoff hamda M. Jonsonning kontseptual metafora nazariyasi tahlil qilinadi. Xulosa qilinishicha, aynan kognitiv yoʻnalish til birliklari zamiridagi kontseptual tuzilmalar va ularning milliy-madaniy oʻziga xosligini tadqiq etish uchun nazariy asos boʻlib xizmat qiladi.
Manbalar
1. Ashurova D. U., Galieva M. R. Cognitive Linguistics. – Tashkent: VneshInvestProm, 2018. – 232 p.
2. Benveniste E. Problems in General Linguistics. – Coral Gables: University of Miami Press, 1971. – 317 p.
3. Humboldt W. von. On Language: The Diversity of Human Language-Structure and its Influence on the Mental Development of Mankind. – Cambridge: Cambridge University Press, 1988. – 296 p.
4. Kuhn T. The Structure of Scientific Revolutions. – Chicago: University of Chicago Press, 1962. – 172 p.
5. Кубрякова Е. С. Язык и знание: На пути получения знаний о языке. – Москва: Языки славянской культуры, 2004. – 560 с.
6. Лакофф Дж., Джонсон М. Метафоры, которыми мы живём. – Москва: Эдиториал УРСС, 1980. – 256 с.
7. Langacker R. Foundations of Cognitive Grammar. Vol. 1: Theoretical Prerequisites. – Stanford: Stanford University Press, 1987. – 516 p.
8. Маслова В. А. Лингвокультурология. – Москва: Академия, 2001. – 208 с.
This work is licensed under a