VINCA ERECTA REGEL TURINING USTIDA OLIB BORILGAN TADQIQOTLAR TAHLILI
DOI:
https://doi.org/10.47390/ydif-y2026v2i15/n02Kalit so‘zlar:
Vinca erecta, alkaloidlar, bioekologiya, dorivor oʻsimliklar, Markaziy Osiyo, flora.Annotasiya
Ushbu maqolada Vinca erecta Regel turining sistematik oʻrni, geografik tarqalishi, bioekologik xususiyatlari, kimyoviy tarkibi hamda farmakologik ahamiyati boʻyicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar tahlil qilindi. Markaziy Osiyo florasining muhim dorivor vakillaridan biri hisoblangan ushbu tur alkaloidlarga boyligi bilan ajralib turadi. Tadqiqotlar natijasida oʻsimlik tarkibida biologik faol indol alkaloidlar mavjudligi, xalq tabobati va farmatsevtikada keng qoʻllanilishi aniqlangan. Shuningdek, turning tabiiy areali, ekologik moslanishlari va resurslarini muhofaza qilish masalalari ham yoritilgan.
Manbalar
1. Adizov Sh. Va boshqalar. Studies on indole alkaloids of Vinca erecta Regel.- Ilmiy maqolalar toʻplami, 2017-2024.
2. Mabberley D.J. Mabberley’s Plant-book 4th ed.- Cambridge University Press, 2017.
3. Ubayev H. Alkoloidy Vinca erecta Regel I ikh khimicheskaya kharakatteristika- Toshkent, 1965.
4. Tojibaev, K.Sh., Beshko, N.Yu., Karimov, F.I. va boshqalar. Oʻzbekiston florasining zamonaviy holati va biologik xilma-xilligi masalalari. Toshkent,2020.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti. Oʻzbekiston florasi va oʻsimlik resurslari boʻyicha ilmiy toʻplamlar. Toshkent, 2018-2024.
This work is licensed under a