JO‘XORINING VEGETATSIYA DAVRI DAVOMIYLIGIGA EKISH MUDDATLARI VA TIZIMLARINING TA’SIRI
DOI:
https://doi.org/10.47390/ydif-y2026v2i20/n04Kalit so‘zlar:
jo‘xori, vegetatsiya davri, ekish muddatlari, ekish tizimlari, o‘sish va rivojlanish, fenologik fazalar, urug‘ning unib chiqishi, poyalash, ro‘vak chiqarish, gullash, donning yetilishi, tuproq-iqlim sharoiti, havo harorati, tuproq namligi, o‘simliklar qalinligi, qator oralig‘i, agrotexnik tadbirlar, fotosintez, hosildorlik, yetishtirish texnologiyasi.Annotasiya
Ushbu maqolada jo‘xorining vegetatsiya davri davomiyligiga ekish muddatlari va ekish tizimlarining ta’siri yoritilgan. Jo‘xorining o‘sishi va rivojlanishi, unib chiqish, tuplanish, poyalash, ro‘vak chiqarish, gullash hamda donning yetilish bosqichlarining davomiyligi ekish muddati va tizimlariga bog‘liq holda tahlil qilinadi. Shuningdek, tuproq-iqlim sharoitlari, harorat, namlik, quyosh radiatsiyasi va o‘simliklarning joylashish zichligining vegetatsiya davriga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Maqolada jo‘xorini maqbul muddatlarda va samarali ekish tizimlarida yetishtirish orqali o‘simliklarning me’yorida rivojlanishini ta’minlash, vegetatsiya davridan unumli foydalanish hamda yuqori hosil olishga qaratilgan agrotexnik tadbirlarning ahamiyati asoslab beriladi.
Manbalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xujaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash tugʻrisida”gi PF-3955 son Farmoni.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 - 2030 yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2021 yilda amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5009-son qarori.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-martdagi “Chorvachilik tarmogʻini yanada rivojlantirish va qoʻllab-quvatlash chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4243-son qarori.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7-noyabrdagi “Qoraqolpogʻiston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari tugʻrisida”gi PQ-4512 son qarori.
5. Atabayeva X.N. «Donli ekinlarning biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi», T.2009. B. 222.
6. Доспехов Б.А. “Методика полевого опыта”. М.: Агропромиздат.- 1985. С. 347.
7. Nurmatov Sh., Mirzajonov Q. va boshqalar. Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari. // Toshkent-2007. B 8-51.
This work is licensed under a