XORAZM VILOYATIDA OLIY TIBBIY TA’LIMNING SHAKLLANISHI VA INSTITUTSIONAL RIVOJLANISHI (1992–2005-YILLAR)

Mualliflar

  • Intizor Otaxonova Author

DOI:

https://doi.org/10.47390/ydif-y2026v2i16/n07

Kalit so‘zlar:

Xorazm viloyati, oliy tibbiy ta’lim, institutsional rivojlanish, Urganch bo‘limi, Tibbiyot markazi, tibbiyot filiali, klinik ta’lim, ilmiy-pedagogik kadrlar.

Annotasiya

Maqolada 1992–2005-yillarda Xorazm viloyatida oliy tibbiy ta’limning tashkil etilishi, tashkiliy maqomining o‘zgarishi va ixtisoslashgan filial modelining shakllanishi tahlil qilinadi. Normativ-huquqiy hujjatlar, arxiv materiallari, davriy matbuot, muassasa hisobotlari hamda  statistik ma’lumotlarni qiyoslash asosida tibbiyot bo‘g‘inining bo‘lim, universitet tarkibidagi markaz, ixtisoslashgan filial va akademiya filiali bosqichlarini bosib o‘tgani ko‘rsatiladi. Talabalar kontingenti, professor-o‘qituvchilar tarkibi, ilmiy darajali xodimlar, kutubxona fondi va bitiruvchilar dinamikasi tashkiliy qarorlarning amaliy natijalari bilan bog‘liq holda baholanadi. Tadqiqot institutsional maqomning takroriy o‘zgarishlari boshqaruvdagi oddiy beqarorlik emas, balki klinik ta’lim, amaliy tayyorgarlik va sohaviy boshqaruv talablariga mos tashkiliy shaklni izlash jarayoni bo‘lganini asoslaydi.

Manbalar

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-fevraldagi “Respublikaning yangi oliy o‘quv yurtlarini tashkil qilish to‘g‘risida”gi PF-356-son Farmoni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. https://lex.uz/docs/-643035

2. Toshkent davlat tibbiyot instituti Urganch bo‘limi direktori, professor R.D. Qurbonov bilan suhbat // Xorazm haqiqati. – 1992-yil 23-iyun. – 74-son. – B. 2.

3. Mahmudov M.M. Xorazmda shifokorlar tayyorlash markazi. – Toshkent: Zarqalam, 2005.

4. Atajanova F.E. Xorazmda ta’lim va ilm-fanning rivojlanishi (1991–2017-yillar): tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. – Urganch, 2020.

5. O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari Milliy arxivi. 395-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 25-ish, 4-varaq.

6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-iyundagi “Qoraqalpog‘iston va Urganch davlat universitetlarining tibbiyot fakultetlarini hamda Farg‘ona davlat universitetining tibbiyot markazini qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi 239-son qarori // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. https://lex.uz/docs/-702487

7. Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashi sessiyasi materiallari // Xorazm haqiqati. – 1998-yil 13-iyun. – 46-son. – B. 1.

8. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali bo‘yicha 1992–2017-yillar ma’lumoti // Toshkent tibbiyot akademiyasi Ilmiy bo‘limi ma’lumotlari. – Toshkent, 2018.

9. Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti Urganch filiali qabul komissiyasining Ilmiy kengashga axboroti. – Urganch, 2003 // Muallif tomonidan to‘plangan arxiv hujjatlari.

10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 19-iyuldagi “Toshkent tibbiyot akademiyasini tashkil qilish to‘g‘risida”gi PF-3629-son Farmoni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. https://lex.uz/docs/-659606

11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 29-iyuldagi “Toshkent tibbiyot akademiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 178-son qarori // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. https://lex.uz/docs/-1137910

12. Scott W.R. Institutions and Organizations: Ideas, Interests, and Identities. 4th ed. – Thousand Oaks: SAGE Publications, 2014.

13. Mahoney J., Thelen K. A Theory of Gradual Institutional Change // Explaining Institutional Change. – Cambridge: Cambridge University Press, 2010. – P. 1–37.

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-08-29

Qanday ko'rsatish

Otaxonova , I. (2026). XORAZM VILOYATIDA OLIY TIBBIY TA’LIMNING SHAKLLANISHI VA INSTITUTSIONAL RIVOJLANISHI (1992–2005-YILLAR). YANGI DAVR ILM-FANI: INSON UCHUN INNOVATSION G‘OYA VA YECHIMLAR, 2(16), 38-45. https://doi.org/10.47390/ydif-y2026v2i16/n07