REY BREDBERINING MARSGA HUJUM ASARI BILVOSITA TARJIMASIDA RANG NOMLARINING TAHLILI
DOI:
https://doi.org/10.47390/ydif-y2025v1i11/n08Kalit so‘zlar:
rang maydoni, rang nomlari, ikkilamchi ranglar, rang xususiyatlari, so‘zma-so‘z tarjima, muallif uslubi.Annotasiya
Mazkur maqola Rey Bredberining “Mars solnomalari” asarida rang nomlarining qo‘llanilishi va uning o‘zbek tiliga bilvosita tarjimasini qiyosiy tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi rangning roman dunyoqarashini shakllantirishdagi rolini aniqlash hamda uni muallifning individual uslubini belgilovchi muhim ko‘rsatkich sifatida yoritishdan iborat. Tahlil materiali sifatida asl matn va tarjima matndagi rangni ifodalovchi leksik birliklar tanlangan bo‘lib, ularning struktur-semantik tashkiloti va qo‘llangan tarjima usullariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqotda komponent tahlili, kontekstual va qiyosiy tahlil usullari, shuningdek, statistik metodlar va uzluksiz tanlab olish usuli qo‘llanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Bredberining rang nomlari nafaqat bevosita nominativ birliklar sifatida, balki asar poetikasining muhim unsurlari sifatida ham faoliyat yuritib, uning uslubiy o‘ziga xosligini ta’minlaydi. Asarda markaziy mavzular bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos xromatik palitra shakllanadi va u har ikkala variantda ham takrorlanuvchi ranglar triadasi orqali ifodalanadi. Rang belgilarining ifodalanishi otlar, sifatlar, fe’llar, sifatdoshlar hamda ko‘p so‘zli birikmalar orqali amalga oshiriladi; bunda yashirin qiyoslashlarga asoslangan obrazli “obyekt” rang nomlariga alohida e’tibor beriladi. Amir Fayzullaning bilvosita tarjimasida rang komponentlari ishtirokidagi qiyosiy konstruksiyalarning ustunligi tarjimonning xromatik nozikliklarni aniq yetkazishga intilganini ko‘rsatadi. Bredberining original rang nomlarini tarjima qilish strategiyalariga umumlashtirish, modulyatsiya, kompensatsiya, konkretlashtirish, leksik kengaytirish, tushirib qoldirish hamda tavsifiy tarjima usullari kiradi. Mazkur tadqiqot natijalari rang terminologiyasini badiiy diskursning uslubiy jihatdan belgilangan muhim komponenti sifatida chuqurroq anglashga xizmat qiladi hamda qiyosiy tilshunoslik, badiiy matn tahlili va tarjimashunoslik sohalari uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
Manbalar
1. Bakhilina, N. B. (1975). История цветообозначений в русском языке [History of a Color Naming in Russian Language]. Moscow, Nauka. 288 p.
2. Berlin, В., Pay, K. (1969). Basic Color Terms. Berkley and Los Angeles, University of California Press. 178 p.
3. Bradbury, R. D. (1950). The Martian Chronicles. Garden City, Doubleday. 271 p.
4. McMillan, G., Palumbo, D. E., Sullivan, C. W. III. (2013). Orbiting Ray Bradbury’s Mars: Biographical, Anthropological, Literary, Scientific and Other Perspectives. McFarland. 264 p.
5. Rey Bredberi. Marsga hujum. Amir Fayzulla tarjimasi. Yangi Asr Avlodi nashriyoti. 304 bet.
6. Кульпина, В. Г. Теоретические аспекты лингвистики цвета как научного направления сопоставительного языкознания : автореф. дис. … д-ра филол. наук / Кульпина В. Г. – М., 2002. – 31 с.
7. Соколова Е. Н. ЛЕКСИКА ЦВЕТА В «МАРСИАНСКИХ ХРОНИКАХ» Р. БРЭДБЕРИ. PHILOLOGICAL CLASS. Vol. 28. No. 2. 152-161 p.
This work is licensed under a