«QUTADG‘U BILIG» DIDAKTIK ASARINI 5E MODELI ASOSIDA O‘QITISHNING METODIK IMKONIYATLARI
DOI:
https://doi.org/10.47390/ydif-y2026v2i14/n14Kalit so‘zlar:
5E modeli, Qutadg‘u bilig, didaktik asar, adabiyot ta’limi, o‘qitish metodikasi, konstruktivistik yondashuv, tanqidiy fikrlash, ijodiy fikrlash, kompetensiyaviy yondashuv, pedagogik texnologiyalar.Annotasiya
Mazkur maqolada «Qutadg‘u bilig» didaktik asarini 5E (Engage, Explore, Explain, Elaborate, Evaluate) modeli asosida o‘qitishning metodik imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi didaktik asarlarni o‘qitishda konstruktivistik yondashuvga asoslangan 5E modelining samaradorligini nazariy va metodik jihatdan asoslash hamda uni adabiyot ta’limi amaliyotiga moslashtirishdan iborat. Tadqiqot davomida ilmiy-pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish, qiyosiy tahlil, modellashtirish va metodik umumlashtirish usullaridan foydalanildi. Muallif tomonidan «Qutadg‘u bilig»ni o‘qitishga mo‘ljallangan 5E modelining bosqichma-bosqich metodik tavsifi ishlab chiqildi hamda har bir bosqich uchun o‘quvchilarning tanqidiy, ijodiy va refleksiv fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiluvchi topshiriqlar tizimi taklif etildi. Tadqiqot natijalari 5E modeli asosida tashkil etilgan darslar o‘quvchilarning matnni tahlil qilish, axloqiy-estetik xulosalar chiqarish, mustaqil fikrlash va bilimlarni amaliy vaziyatlarda qo‘llash kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Mazkur metodik yondashuv adabiyot ta’limi sifatini oshirish hamda didaktik asarlarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitishni takomillashtirishga xizmat qiladi.
Manbalar
1. Bybee, R. W. The BSCS 5E Instructional Model: Creating Teachable Moments. – Arlington, VA: NSTA Press, 2015.
2. Bybee, R. W., Taylor, J. A., Gardner, A., Van Scotter, P., Powell, J. C., Westbrook, A., & Landes, N. The BSCS 5E Instructional Model: Origins and Effectiveness. – Colorado Springs: BSCS, 2006.
3. Karimov, N. O'zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: O'qituvchi, 2018.
4. Mahmudov, N. Mumtoz adabiyot va ma'naviy tafakkur. – Toshkent: Akademnashr, 2021.
5. Mirziyoyev, Sh. M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O'zbekiston, 2021.
6. OECD. OECD Learning Compass 2030. – Paris: OECD Publishing, 2019.
7. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standarti. 2020-yil 6-apreldagi 187-son qaror. – Toshkent, 2020.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF–134-son Farmoni. 2022–2026-yillarda xalq ta'limini rivojlantirish bo‘yicha Milliy dastur to‘g‘risida.
9. UNESCO. Reimagining Our Futures Together: A New Social Contract for Education. – Paris: UNESCO, 2021.
10. Yusuf Xos Hojib. Qutadg'u bilig. – Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2015.
This work is licensed under a